Sport | 15:53 / 17.11.2016
7688
1 daqiqa o‘qiladi

APL futbolni o‘zgartirishi mumkin bo‘lgan yana bir yangilikni sinovdan o‘tkazmoqda

Angliya premer-ligasi tashkiliy qo‘mitasi o‘yinlarda videotakrorlar texnologiyasini kiritish imkoniyatlarini o‘rganib chiqmoqda. Bu haqda The Telegraph nashri xabar tarqatmoqda.

Manbaning yozishicha, APL joriy mavsum uchrashuvlarida norasmiy ravishda ushbu texnologiyalarni sinovdan o‘tkazib ko‘rgan. Natijada ekspertlar hozirgacha chempionat doirasidagi 12ta uchrashuvni ko‘rib, unda hakamning videoassistenti yordamida ko‘rib chiqilishi mumkin bo‘lgan 2-4 hakamning tortishuvli qarorlarini aniqlashgan. Norasmiy sinovlarda assistentda bosh hakam bilan aloqaga chiqish imkoniyati bo‘lmaydi.

Agar ushbu tajriba muvaffaqiyatli deb topilsa, kelgusi yilda APL videotakrorlarni rasmiy ravishda sinov uchun joriy qilinishi va hakamlarni videoassistentlar bilan aloqaga chiqishiga imkoniyat yaratib berishi mumkin.

Mavzuga oid