Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda 19 yil muqaddam jinoyat sodir etgan haydovchi ushlandi
Shanxay politsiyasi inson o‘limiga olib kelgan yo‘l-transport hodisasini sodir etgan yuk mashinasi haydovchisini oradan 19 yil o‘tgach qo‘lga oldi, deb yozmoqda Shanghai Daily nashri.
Avtohalokat 1997 yil 12 noyabrda Shanxay tumanlaridan birida yuz bergan edi. O‘shanda, Chen Bantsin yuk mashinasida velosipedda ketayotgan ayolni urib ketgandi. Biroq, voqea joyiga yetib kelgan politsiya jinoyat sodir etgan haydovchining qochib ketganini aniqlagan. Shu yillar mobaynida politsiya jinoyatchini samarasiz qidirgan.
2016 yil boshidan politsiya haydovchini internet orqali topishga uringan hamda Anxoy viloyati huquq idoralari hamkorligida Chen Bantsinni aniqlashga muvaffaq bo‘lgan.
"Shu yillar mobaynida men tungi qo‘rquvlar qurshovida yashadim. Bunaqa vijdon azobi bilan yashagandan ko‘ra, o‘sha ayolning o‘rniga o‘lib ketganim yaxshi edi", — degan haydovchi.
Hozirda, u YTH bo‘yicha ayblov e'lon qilinishini kutmoqda. Unga 10 yilgacha qamoq jazosi tayinlanishi mumkin, deb yozadi gazeta.
Mavzuga oid
09:30 / 17.06.2026
Toshkentda Lacetti va BYD to‘qnashuvi oqibatida uch kishi halok bo‘ldi
18:17 / 15.06.2026
“Suv ichaman deb chalg‘idim” – Navoiyda YTHga uchragan avtobus haydovchisi 10 yilga qamaldi
15:32 / 15.06.2026
Qamchiq dovonida yuk mashinasi ag‘darilib ketdi
14:23 / 15.06.2026