Xitoyda yangi temir yo‘l magistrallari qurish rejalashtirilmoqda
Xitoyning rivojlanish va islohotlar bo‘yicha milliy komissiyasi Xitoyda 5 ta yangi temir yo‘l magistrali qurish loyihasini tasdiqladi, deb ma'lum qildi 17 noyabrda Xitoy transport vazirligi.
Bu loyihaga kiritiladigan investitsiyalarning umumiy miqdori 194,6 mlrd yuanga (28,6 mlrd dollar) baholanmoqda.
Loyihalar Ganchjou (Tszyansi viloyati) va Shenchjen (Guandun viloyati), Pekin va Tanshan (Xebey viloyati), Xeyluntszyan viloyatidagi Mudantszyan va Tszyamusi shahar okruglari, Xunan viloyatidagi Chjantszyatsze i Xuayxua shahar okruglari hamda Shensi viloyatidagi loyihani o‘z ichiga oladi.
Avvalroq Xitoyning rivojlanish va islohotlar bo‘yicha milliy komissiyasi ma'lum qilganidek, 2025 yilgacha Xitoydagi barcha temir yo‘llarning umumiy uzunligi hozirdagi 121 ming km dan 175 ming km gacha oshiriladi. Bunda, rejaga ko‘ra, 2020 yilgacha Xitoydagi barcha temir yo‘llarning umumiy uzunligi 150 ming km ni tashkil qilishi va mamlakatning 80 foizdan ko‘proq yirik shahrini o‘zaro bog‘lashi kerak.
May oyi oxirida Xitoy xalqaro radiosi Xitoy hukumati yaqin uch yil ichida transport infratuzilmasini qurishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirish uchun 725 mlrd dollar investitsiya qilishni rejalashtirayotganini ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
19:06 / 23.08.2024
Toshkent va Moskva o‘rtasida temiryo‘l qatnovlari tiklanadi
18:47 / 05.08.2024
Xitoydan O‘zbekistonga yuklar poyezd orqali rekord darajada tez yetkazildi
18:40 / 15.06.2024
«Xitoy - Qirg‘iziston - O‘zbekiston» temiryo‘li xaritasi tuzildi
22:07 / 17.05.2024