Ramazon hayiti va Navröz bayrami arafasida qöşimça poyezd qatnovlari va örinlar ajratildi. Bu haqda «Özbekiston temir yöllari» xabar berdi.
Qayd etilişiça, 19–25 mart kunlari jami 25 mingta qöşimça örin yaratildi. Şu doirada Toşkent—Samarqand—Toşkent yönalişida 19–21 mart kunlari 6 ta qöşimça «Afrosiyob» reysi yölga qöyiladi. Toşkent—Buxoro—Toşkent yönalişida esa 19, 20, 21, 22, 23 va 25 mart kunlari qöşimça qatnovlar taşkil etiladi.
Ma’lum qilinişiça, 19–24 mart kunlari Toşkent—Buxoro—Toşkent yönalişida qöşimça «Afrosiyob» poyezdlari ham harakatlanadi.
Şuningdek, 19–25 mart kunlari Toşkent—Xiva, Toşkent—Şovot, Toşkent—Qönğirot, Toşkent—Termiz hamda Toşkent—Buxoro (Şarq) yönalişlaridagi poyezdlarga 4 tadan qöşimça vagon ulanadi. Uşbu çoralar orqali amaldagi reyslarda yana 21,5 ming nafar yölovçini taşiş imkoniyati yaratilişi ta’kidlanmoqda.
Kompaniya ma’lumotiga köra, çiptalarni rasmiy sayt, mobil ilova va temir yöl kassalari orqali xarid qiliş mumkin. Yölovçilardan safarlarini oldindan rejalaştiriş söralgan.












