Microsoft kompaniyasi Linux’ning "platinali" hamkori bo‘ldi
Microsoft Connect onlayn-anjumanida Microsoft kompaniyasi Linux operatsion tizimi yaratuvchilarining notijorat konsorsiumi – The Linux Foundation’ning imtiyozli, ya'ni "platinali" a'zosi maqomini olgani e'lon qilindi. Bu haqda Ars Technica ma'lum qildi.
Linux Foundation’ning boshqa "platinali" hamkorlari orasida Cisco, Hewlett-Packard Enterprise, Huawei, IBM, Intel, Samsung va boshqa kompaniyalar bor. Bu maqomni olish uchun ochiq kodga ega Linux operatsion tizimini qo‘llab-quvvatlash uchun har yili 500 ming dollardan kam bo‘lmagan mablag‘ xayriya qilish kerak.
Konsortsiumning ta'kidlashicha, Microsoft uning bir qator loyihalari: Node.js Foundation, OpenDaylight, Open Container Initiative, R Consortium va Open API Initiative’da ishtirok etmoqda.
Linux Foundation 2007 yilda dasturchilarni huquqiy qo‘llab-quvvatlashni ta'minlash va platformalarni standartlashtirishda yordam berish sohasida Linux-hamjamiyatni rivojlantirish maqsadida yaratilgan.
Mavzuga oid
00:49 / 30.10.2024
Microsoft Googleʼni o‘z biznesiga putur yetkazayotgan «yashirin kampaniyalar»da aybladi
20:11 / 26.10.2024
Microsoft rahbarining maoshi 79 mln dollarni tashkil etdi
18:05 / 25.10.2024
“Barchasi ota-onamning qo‘llovi tufayli”: Microsoft elchisiga aylangan o‘zbek qizi
23:20 / 03.10.2024