Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Koreya prokuraturasi Samsung vitse-prezidentini so‘roq qildi
Illyustrativ surat
Janubiy Koreya prokuraturasi Samsung kompaniyasining strategik rejalashtirish Departamenti rahbari Chan Chjun Gini so‘roq qildi. U Koreya respublikasi prezidenti Pak Kin Xe atrofidagi korrupsiya mojarosiga savollarga javob bergan, deb xabar qilmoqda "Yonxap" agentligi.
Chan Chjun Gi Seul prokuraturasiga kelib, Chxve Sun Sil ishi bo‘yicha ko‘rsatmalar bergan.
Chxve Sun Sil - prezident Pak Kin Xening 40 yildan ko‘proq vaqtdan beri yaqin dugonasi hisoblanadi. U o‘z ta'siri va obro‘sidan foydalangan holda, mamlakatdagi yirik korporatsiyalarni o‘zining boshqaruvidagi ikkita xayriya jamg‘armasiga ko‘pmillion dollarli pul o‘tkazishga majbur qilganlikda gumon qilinmoqda. U shuningdek, boshqa korrupsiya tuzilmalarini tashkil etgan bo‘lishi mumkin.
Prokuratura ma'lumotlariga ko‘ra, pul o‘tkazgan kompaniyalar orasida Samsung kompaniyasi ham bo‘lib, u Chxve Sun Sil jamg‘armalariga 20 mln dollarga yaqin mablag‘ o‘tkazgan, bundan tashqari, Chxve Sun Silning Germaniyadagi firmasiga 3 mln dollar o‘tkazgan.
Mavzuga oid
12:01 / 21.05.2026
Samsung ish tashlash boshlanishiga 1,5 soat qolganda kasaba uyushmasi bilan kelishuvga erishdi
10:43 / 14.05.2026
400 ming dollarlik firibgarlik: Koreya ish vizasi bilan bog‘liq holat fosh etildi
08:42 / 06.05.2026
Samsung kompaniyasining bozor kapitallashuvi 1 trillion dollarga yetdi
10:44 / 23.04.2026