Sport | 00:15 / 18.11.2016
7334
1 daqiqa o‘qiladi

Neymar terma jamoadagi sherigini «Barselona»ga o‘tishga ko‘ndirmoqchi

«Barselona»ning braziliyalik hujumchisi Neymar terma jamoadagi sherigi, «Liverpul» yarim himoyachisi Filippe Koutinoni katalonlar klubiga o‘tishga ko‘ndirmoqchi.

UOL Esporte ma'lumotiga ko‘ra, Neymar terma jamoa ixtiyoriga borganida bu haqda Koutino bilan gaplashgan. 

Ispan grandi rahbariyati va murabbiylar shtabi ham mersisaydliklar jamoasi a'zosi bo‘lgan bu futbolchini kuzatib kelishayotgani, lekin hozircha muzokaralarga kirishmagani aytilgan. Nashrning yozishicha, Koutino ham Ispaniyaga ko‘chib o‘tishga qarshi bo‘lmaydi. 

«Liverpul» rahbariyati esa braziliyalik futbolchisini qo‘yib yubormoqchi emas. Jamoaning u bilan amaldagi shartnomasi muddati 2020 yilgacha.

 

Manba: tribuna.uz

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid