Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Intel taqib yuriluvchi qurilmalarni ishlab chiqarishni to‘xtatmoqchi
Foto: gadgets-reviews.com
Intel korporatsiyasi o‘zining New Devices Group bo‘limi ishlab chiqarish bilan shug‘ullangan taqib yuriluvchi qurilmalarni ishlab chiqarishdan voz kechmoqchi. Bu haqda TechCrunch xabar bermoqda.
Intel bu bozordan ketishi bir qator muvaffaqiyatsizliklari bilan shartlangan. Joriy yilning iyunida kompaniya Basis Peak "aqlli soatlarini" qizib ketishi sababli ortga qaytarib olishga majbur bo‘lgan. Kompaniya nuqsonli qurilmalarni almashtirib berish o‘rniga ularni sotishni to‘liq to‘xtatgan.
New Devices Group bo‘limida ishlarning o‘zgarishi mumkinligi tufayli kompaniyada 2016 yil oxirigacha yirik qisqartirishlar o‘tkazilishi mumkin. New Devices Group bo‘limi umuman bartaraf etilishi ham mumkin.
Mavzuga oid
11:06 / 09.08.2025
Tramp Intel rahbarini Xitoy bilan yaqinlashib ketganlikda ayblab, iste’fo berishga chaqirdi
07:20 / 28.07.2025
Intel Germaniyada chiplar zavodi qurishdan voz kechdi
22:02 / 12.10.2024
Intel o‘z tarixidagi eng yirik inqirozga duch keldi. Kompaniya Qualcommʼga sotib yuborilishi mumkin
14:50 / 23.09.2024