Amerikaning Apollo Global Management aktivlarni boşqariş kompaniyasi Amerikaning Intel kompaniyasiga 5 milliard dollargaça (4,5 milliard yevro) sarmoya kiritişni taklif qildi, deb xabar berdi Bloomberg 22 sentabr, yakşanba kuni keçqurun özining «vaziyatdan boxabar manbalariga» tayanib.

Agentlikka manbalar ma’lum qilişiça, moliyaviy muammolarga duç kelgan texnologik gigant rahbariyati hozirda Apollo taklifini körib çiqmoqda. Ular hali yakuniy qarorlar yöqligini va potensial investitsiyalar hajmi özgarişi mumkinligini qöşimça qildi, şuningdek, bu muzokaralar töxtab qolişi va heç qanday kelişuvga olib kelmasligi mumkinligini aytdi.

Intel Bloomberg xabariga izoh berişdan boş tortdi, Apollo esa Reuters söroviga javob bermadi. Bir paytlar dunyodagi eng yirik çip işlab çiqaruvçi bölgan Intel aksiyalari yil boşidan buyon öz qiymatining deyarli 60 foizini yöqotdi, deya qayd etadi Reuters. Joriy yilning boşida Apollo Intel'ning Irlandiyadagi yangi işlab çiqariş majmuasi bilan boğliq qöşma korxonaning 49 foiz uluşini 11 milliard dollarga (taxminan 10 milliard yevro) sotib olişini bildirgandi.

Intel raqibi sotib oliş böyiça muzokaralar olib bormoqda

Intel'ga sarmoya kiritiş mavzusi Qualcomm taniqli kompyuter çiplari işlab çiqaruvçisini sotib oliş imkoniyatini örganiş taklifi bilan Intel'ga murojaat qilganidan köp ötmay jamoatçilikka oşkor böldi. Reuters xabariga köra, Qualcomm boş direktori Kristiano Amon 50 yillik tarixga ega bölgan Intelʼni sotib oliş böyiça muzokaralarda şaxsan iştirok etmoqda. Agentlik ma’lumotlariga köra, bu munozaralar ham dastlabki bosqiçda. Avvalroq Qualcomm Intel çiplarini işlab çiqiş biznesining bir qismini sotib oliş imkoniyatini ham körib çiqqandi.

Bloomberg ta’kidlaganidek, boş direktor Pet Gelsinjyer boşçiligida Intel içki özgarişlarni amalga oşiriş va yangi mahsulotlar, texnologiyalar va taşqi mijozlarni jalb qiliş böyiça reja ustida işlamoqda. Biroq, bu taşabbus kompaniyaning obrösiga putur yetkazgan va önlab milliard dollarlik yöqotişlarni keltirgan daromadlar yomonlaşgani haqidagi bir qator hisobotlarga olib keldi.

Intel Germaniyada 30 mlrd yevrolik zavod qurilişini keyinga qoldirdi

Magdeburgda Intel çip işlab çiqariş majmuasi qurilişi ikki yilga töxtatildi, dedi Gelsinjyer 16 sentabr kuni. Bu Germaniya tarixidagi eng yirik töğridan töğri xorijiy investitsiyalar bölişi kerak edi: u 30 milliard yevroga baholangan va Germaniya hukumati uşbu mablağning uçdan bir qismini — 9,9 milliard yevroni subsidiyalar şaklida berişga tayyor edi. Loyiha 3000 ga yaqin iş örni yaratişi va dastlab 2027 yilda işlab çiqarişni boşlaşi rejalaştirilgan edi.