Sport | 16:41 / 23.11.2016
3786
2 daqiqa o‘qiladi

«Lokomotiv» mavsumni «Bunyodkor»ga qarshi derbidagi g‘alaba bilan yakunladi

Foto: Lokomotiv klubi matbuot xizmati

Oliy liganing 30-turi doirasida «Bunyodkor» jamoasi muddatidan oldin mavsum chempioniligini rasmiylashtirgan «Lokomotiv» bilan o‘z uyida o‘ynadi. Mezbonlar mavsum g‘oliblarini o‘ziga xos uslubda kutib olishdi. 

O‘yin oldidan "qaldirg‘ochlar" "chempionlik yo‘lakchasi"ni hosil qilishdi va PFL madhiyasi ostida maydonga chiqib kelayotgan raqib jamoa futbolchilarini qarsaklar bilan olqishlashdi.

O‘yinning 75-daqiqada mehmonlar vakili Quvondiq Ro‘ziyevning pasidan so‘ng Sardor Mirzayev gol urdi - 0:1.

O‘yinda bu hisob o‘zgarmadi va «Lokomotiv» mavsumni g‘alaba bilan yakunladi. Jamoa 30 turda 74 ochko jamg‘ardi. «Bunyodkor» esa 63 ochko bilan uchinchi o‘rinni egalladi.

«Bunyodkor» – «Lokomotiv» 0:1
Gol: Sardor Mirzayev 75, - 0:1 (Quvondiq Ro‘ziyev)
«Bunyodkor»: 45.Akbar To‘rayev, 2.Akmal Shorahmedov (S), 3.Akramjon Komilov, 8.Jovlon Ibrohimov (16.Dilshodbek Ahmadaliyev, 80), 10.Eldor Shomurodov (23.Shohrux Gadoyev, 55), 14.Bahodir Nasimov (9.Minori Sato, 76), 17.Dostonbek Hamdamov, 19.Zabihillo O‘rinboyev, 22.Rustamjon Ashurmatov, 29.Otabek Shukurov, 30.Yuritsa Bulyat
«Lokomotiv»: 1.Igantiy Nesterov, 4.Boburbek Yo‘ldoshev, 5.Kaxi Maxaradze, 10.Marat Bikmayev (18.Timur Kapadze, ), 11.Temurxo‘ja Abduxoliqov, 13.Nemanya Yanichich, 15.Sardor Mirzayev, 20.Islom To‘xtaxo‘jayev (S), 22.Sanjar Shoahmedov, 37.Sherzod Fayziyev, 71.Artur Gevorkyan (29.Quvondiq Ro‘ziyev, 70)

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid