Sport | 15:24 / 24.11.2016
6774
2 daqiqa o‘qiladi

FIFAning yangi reytingida O‘zbekiston 14 pog‘ona pastladi

O‘zbekiston terma jamoasi 24 noyabr kuni e'lon qilingan FIFAning yangi reytingida 62-o‘rinni egalladi.

Noyabr oyida 2ta uchrashuv o‘tkazgan O‘zbekiston terma jamoasi bu safargi reytingda katta yo‘qotishga uchragan. O‘tgan oy reytingda 617 ochko bilan 48-o‘rinda bo‘lgan Samvel Babayan shogirdlari yangi reytingda bir yo‘la 59 ochkoni yo‘qotib 558 ochko bilan 62-o‘ringacha tushib ketdi. Bu 14 pog‘ona pastlash demakdir.

Osiyo mintaqasida O‘zbekistondan keyingi o‘rinlarda turgan Yaponiya (45) va mag‘lubiyatiga qaramay, Saudiya Arabistoni (56) terma jamoalari reytingda O‘zbekistonni quvib o‘tgan. 

Osiyo bo‘yicha Eron eng yaxshi natijani ko‘rsatgan - 797 ochko bilan 30-o‘rin. Koreya Respublikasi esa 699 ochko bilan 37-o‘rinda.

O‘zbekiston terma jamoasi noyabr oyida ikkita uchrashuvda maydonga tushdi. Birinchi uchrashuvda Iordaniya terma jamoasi kichik hisobda mag‘lub etilgan bo‘lsa, ikkinchi, JCh-2018 saralash bosqichi doirasidagi uchrashuvda Janubiy Koreya terma jamoasidan mag‘lubiyatga uchradi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid