Jamiyat | 09:08 / 25.11.2016
6550
1 daqiqa o‘qiladi

Eddi Merfi Shvartsenegger bilan egiz “tutinadigan” bo‘ldi

Foto: Press/Getty

Eddi Merfi 80-yillarda suratga olingan “Egizaklar” filmining yangi talqinida Arnold Shvartsenegger va Denni De Vitoga uka obrazini gavdalantiradi. Bu haqda NME nashri xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, yangi film “Uch egiz” deb nomlanadi. Kartinada Merfi bosh qahramonlarning uzoq vaqt ular bilan aloqada bo‘lmagan ukasi rolini ijro etadi.
“Ayni paytda biz ssenariy ishlash jarayonidamiz”, — dedi film rejissyori Ayven Raytmen.

 

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid