Promobot kompaniyasi taşqi körinişi aktyor Arnold Şvarseneggerga öxşaydigan robotini yöq qiladi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

"Odamga öxşaş mazkur robot enagani yöq qiliş rejalaştirilgan. U hozir AQŞning Nyu-York şahridagi Toy Fair körgazmasida namoyiş etilmoqda. Biz uning Arnold Şvarsenegger ekanligini aytmaganmiz, uning ismini tilga olmaganmiz, öz mahsulotimizni sotiş uçun uning taşqi körinişidan foydalanmaganmiz, robotni yöq qilamiz", — deyiladi kompaniya tomonidan.

Avvalroq TMZ portali Arnold Şvarsenegger Rossiyadagi xizmatçi robotlar işlab çiqaruvçi Promobot kompaniyasidan 10 million dollar talab qilayotgani haqida xabar bergandi. Da'voda aytilişiça, kompaniya öz mahsulotlarida aktyorning qiyofasidan uning ruxsatisiz foydalangan. 

Kompaniya avvalroq robot enaga mustaqil ravişda bolalarga qarab turişini ma'lum qilgandi. U köz, lab, qoşlarini qimirlata oladi, gaplaşadi. Unga istalgan insonning körinişini beriş, hattoki ota-onaning nusxasiga aylantiriş mumkin.