Jahon | 23:18 / 25.11.2016
10455
3 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘istonda BAAdagi kabi shahar yaratish taklif qilindi

Foto: ENERGYNEWS.SU

Tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindori Raye Kvon Chung Qozog‘istonga BAA misolida muqobil energiya manbalari hisobiga faoliyat yuritadigan yangi shahar yaratishni tavsiya qildi. Chung bu haqda Xalqaro innovatsion kongress vaqtida ma'lum qildi, deb xabar bermoqda BNews.kz.

"BAA va Eronning qiziqarli namunalarini eslash mumkin, bu davlatlarda muqobil energiya manbalari faol qo‘llanadi. Siz bilasizki, Abu-Dabi umuman uglerod qo‘llanmaydigan Masdar shahri yaratilishiga sarmoya kiritmoqda va siz ularning hukumati hozirda kam uglerodli kelajakka sarmoya qiritayotganini ko‘rmoqdasiz.

Chunki ular neft tugaydigan zamonga tayyor bo‘lishlari kerakligini biladilar. Agar neft bo‘lmasa, unda sizning raqobatbardoshligingiz manbasi qanday bo‘ladi? Siz neftsiz zamonda keladigan kelajakka sarmoya kiritishingiz kerak", deb aytgan Chung.

Chungning fikricha, Qozog‘iston is gazining atrof-muhitga chiqarilishini qisqartirish bo‘yicha katta ko‘lamli va uzoq muddatli maqsadlar haqida o‘ylab ko‘rishi lozim, chunki bu natijada kam uglerodli iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlashga olib keladi. 

Uning fikricha, bu masalani bir kunda hal qilib bo‘lmaydi, bunga 10 yildan 30 yilgacha vaqt talab etilishi mumkin. Olim Qozog‘istonning juda sovuq iqlimi haqida gapirayotib, namuna sifatida Kanadaning Monreal shahrini misol sifatida keltirdi. Uning aytishicha, bu shaharda qishda ham bo‘lish qulay bo‘lgan ko‘ngilochar markazlar yaratilmoqda.

"Men Masdar shahri kabi Markaziy Osiyoda joylashadigan yangi shaharni loyihalashtirish haqida o‘ylab ko‘rishingizni taklif qilishim mumkin. Men Qozog‘istonda harorat qishda minus 40 gradusgacha, yozda esa plyus 40 gradusgacha yetishi mumkinligini bilaman.

Sizlar keskin iqlimda yashaysizlar. Biroq Monrealda, misol uchun, shuningdek juda sovuq, u yerda qish sovuq bo‘ladi. Biroq u yerda juda qiziq loyihalar bor, misol uchun, butunlay yer ostida joylashgan savdo-ko‘ngilochar markazlar mavjud va siz bu markazlarda qishda ham vaqtingizni yaxshi o‘tkazishingiz mumkin", deb qo‘shimcha qildi olim.

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid