Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ugandadagi to‘qnashuvlar oqibatida kamida 55 kishi halok bo‘ldi
Uganda g‘arbida politsiya va Kaserda Rvenzururu harakati hukumatga qarshi guruhining isyonchilari o‘rtasida to‘qnashuvlar oqibatida kamida 55 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda mamlakat politsiyasiga iqtibos keltirgan holda France-Presse axborot agentligi xabar bermoqda.
"To‘qnashuvlar davomida 14 politsiya va 41 jangari halok bo‘lgan", deb ma'lum qildi politsiya vakili Endryu Feliks Kaveyesi. Uning aytishicha, Uganda politsiyasi va armiyasining birgalikdagi bo‘linmalari Kasese shahri yaqinidagi hududni ko‘zdan kechirayotganda hujumga uchragan.
"Bosqinchilar hukumat kuchlariga qo‘lbola granata uloqtirishgan, buning oqibatida bir askar yarador bo‘lgan. Shundan keyin qo‘shinlar otishma boshlagan, buning oqibatida 4 isyonchi o‘ldirilgan. Bu voqea boshqa tumanlarda ham shunday to‘qnashuvlarni keltirib chiqargan", deb aytgan politsiya vakili.
Mavzuga oid
22:58 / 12.04.2026
Uganda armiyasi rahbari Turkiyadan bir milliard dollar va “eng go‘zal ayol”ni berishini talab qildi
20:05 / 04.05.2025
BMT sudyasi qullik mehnatiga majburlagani uchun 6 yilga qamaldi
20:58 / 14.03.2025
Britaniya sudi BMT sudyasini qullik mehnatidan foydalanishda aybdor deb topdi
18:22 / 28.11.2024