Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Barselona» qatorasiga 7-marta «Real Sosedad» maydonida g‘alaba qozona olmadi
«Real Sosedad» va «Barselona» Ispaniya Primerasining 13-turida o‘zaro uchrashib, murosa qilishga majbur bo‘lishdi. San-Sebastyandagi «Anoeta» stadionida bo‘lib o‘tgan o‘yin 1:1 hisobi bilan yakunlandi.
53-daqiqada Aser Ilyaramendi Karlos Velega to‘pni oshirdi, u chap qanotdan jarima maydoni markaziga kirib, darvoza tomon zarba berdi. Darvozabon Mark-Andre ter Shtegen o‘z mahoratini namoyish etgan bo‘lsa-da, uning qaytargan to‘pi Villian Jozega kelib tushdi va u darvoza burchagini nishonga olishda xato qilmadi.
Oradan 6 daqiqalar o‘tgach, Neymar jarima to‘pini Lionel Messiga oshirdi, u esa darvozaning uzoq past burchagini aniq nishonga olib, javob to‘pini kiritdi.
Shunday qilib, 27 ochko to‘plagan «Barselona» «Sevilya» bilan ikkinchi o‘rinni baham ko‘rmoqda hamda o‘zining azaliy raqibi «Real»dan olti ochko ortda qolmoqda. Beshinchi o‘rinda borayotgan «Real Sosedad» hisobida 23 ochko bor.
Ispaniya - Primera. 13-tur
Real Sosedad (San-Sebastyan) – Barselona (Barselona) – 1:1
Gollar: Joze, 53 (1:0); Messi, 59 (1:1).
Ogohlantirishlar: Martines, 62; Surutusa, 89 – ter Shtegen, 22; Maskerano, 55; Suares, 84; Alba, 90+3.
Mavzuga oid
20:37 / 16.05.2026
Levandovski «Barselona»ni tark etishini e’lon qildi
02:34 / 11.05.2026
"Barselona" "Real" bilan o‘yinda Ispaniya chempioniga aylandi. Bunaqasi ilk bor ro‘y berdi
20:32 / 10.05.2026
“Barselona” bosh murabbiyining otasi “El Klasiko” kunida vafot etdi
11:26 / 03.05.2026