Sport | 12:44 / 28.11.2016
6006
3 daqiqa o‘qiladi

«Zenit»da janjal, yoki «Hech narsa bo‘lmadi»

«Zenit» hujumchisi Artyom Dzyuba va jamoa darvozaboni Yuriy Lodigin Rossiya chempionatining 15-turi doirasida «Krasnodar»ga qarshi kechgan va qo‘shimcha vaqtlarda o‘tkazilgan 2 gol tufayli mag‘lubiyat bilan yakunlangan o‘yindan keyin o‘zaro janjallashib ketishgan. «Sportfakt» manbasi xabariga ko‘ra  Aleksandr Kokorin ularni ajratib qo‘ygan.

Manbaning yozishicha, Kokorin kiyim almashtirish xonasida Artyom Dzyuba va Yuriy Lodigin o‘rtasiga tushgan. Bu futbolchilar bir-birini haqoratlab bo‘lgach, orani ochiq qilib olish uchun mushtlarni ishga solishga shaylanganida Kokorin ularni murosaga keltirgan. 

Eslatib o‘tamiz, Artyom Dzyuba o‘yinning 86-daqiqasida gol urib jamoasini olg‘a boshlagan, mezbonlar safida Marat Izmaylov va Tornike Okriashvile qo‘shimcha daqiqalarda 2ta gol urib, g‘alaba qo‘ldan boy berilgandi.

Sankt-Peterburg jamoasi bu mag‘lubiyatdan keyin 31 ochko bilan peshqadam  «Spartak»dan 6 ochko ortda qolmoqda, Igor Shalimov shogirdlari 27-ochko bilan uchinchi o‘rinda joylashgan. 

Qayd etish kerakki, ikkinchi gol o‘tkazilganidan keyin o‘yin teletranslyatsiya vaqtida Dzyuba o‘zini tuta olmagan epizodlar ko‘rsatilgandi.

RFPLning 13-turi doirasidagi «Krasnodar» — «Zenit» uchrashuvini «Nash futbol» telekanali orqali sharhlagan Konstantin Genich peterburgliklar jamoasidagi ichki muhit yomonligi haqida aytib o‘tgandi. Tvitter foydalanuvchilaridan biri Genichdan piterliklar kiyim almashtirish xonasida mushtlashuv ro‘y bergani haqidagi xabarga munosabatini so‘ragan.

«Judayam bo‘lishi mumkin», — deya javob qaytargan sharhlovchi.

«Zenit» jamoasi matbuot xizmati rahbari Dmitriy Tsimmerman «Krasnodar»ga qarshi mag‘lubiyatli o‘yindan keyin futbolchilar o‘zaro janjallashgani haqidagi xabarni inkor etdi.

«Bu asossiz mish-mish. Hech qanaqa mushtlashuv bo‘lmadi va bo‘lmaydi ham», — deya Tsimmermanning so‘zlarini keltirgan «Sport-ekspress».

«Zenit» kiyim almashtirish xonasida janjal kelib chiqdi

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid