Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘istonda o‘tkaziladigan EXPO-2017 ochilish marosimi sanasi ma'lum qilindi
Qozog‘istonning poytaxti Astana shahrida o‘tadigan EXPO-2017 ko‘rgazmasi ochilish marosimi sanasi ma'lum qilindi, deb xabar bermoqda Tengrinews.kz portali.
Ko‘rgazmani o‘tkazish bilan shug‘ullanadigan "NK" Astana EKSPO-2017" AJ ma'lumotlariga ko‘ra, bu voqea 2017 yil 9 iyunda bo‘lib o‘tadi.
"Ko‘rgazma ochilishi marosimi 2017 yil 9 iyunga belgilandi. Marosim ko‘rgazma hududida bo‘lib o‘tadi", deb aytildi kompaniyada.
Milliy kompaniya ma'lumotlariga ko‘ra, ko‘rgazmaning ochilish va yopilish marosimlariga chiptalar narxi hali belgilanmagan.
Ko‘rgazma o‘tkazilishi davomida qozog‘istonlik bokschi, jahon chempioni Gennadiy Golovkin bilan boks kechasi o‘tkazilishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 10 iyunidan EXPO-2017’ga chiptalar sotilishi boshlandi. Chiptalarni tickets.expo2017astana.com sayti orqali xarid qilish mumkin. Saytdagi narxlarga ko‘ra, ish kunlari chipta narxi 6 ming tangani, dam olish kunlari esa 8 ming tangani tashkil qiladi. Shuningdek, ochiq va ma'lum bir sana ko‘rsatilgan chiptalarni xarid qilish mumkin.
Ko‘rgazma Astanada 2017 yilning 10 iyunidan 10 sentabrigacha o‘tkaziladi. Unda 100 davlat, kamida 10 ta xalqaro tashkilot, innovatsion texnologiya sohasidagi yetakchi 10 ta kompaniya ishtirok etishi rejalashtirilgan. Umumiy hisobda ko‘rgazmaga 2 mln dan ko‘proq odam tashrif buyurishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
17:44 / 02.10.2025
Telegram Qozog‘istonda ofisini ochdi
10:00 / 30.09.2025
Baxtiyor Saidov Qozog‘istonning yangi tashqi ishlar vazirini tabrikladi
23:09 / 29.09.2025
“Raqobat kayfiyati integratsiyaga soya soladi” - ekspertlar qozoq mediasi haqida
15:20 / 29.09.2025