Jamiyat | 19:46 / 29.11.2016
4028
1 daqiqa o‘qiladi

Litvada yangi hukumat tarkibi tasdiqlandi

Foto: © Delfi

Litva prezidenti Dalya Gribauskayte 29 noyabr kuni hukumatning yangi tarkibini tasdiqladi, deb xabar bermoqda Delfi.

Imzolangan dekretda dehqonlar Ittifoqi va Sotsial-demokratik partiyadan 11 a'zo bor. Hukumat dastur parlament tomonidan tasdiqlangach, o‘z ishini boshlaydi.

Ma'lum qilinishicha, davlat rahbari lavozim tayinlovini amalga oshirishiga qadar mahkamaga rahbar bo‘lishga a'zolar bilan shaxsan suhbatlashgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, tanlovda sohadagi boshqarish qobiliyati va dog‘ tushmagan nom katta o‘rin tutgan.

Gribauskaytening aytishicha, vazirlar mahkamasi yangi a'zolaridan “avvaldagidan ko‘ra yaxshiroq boshqaruvni va xalqning mas'uliyat bilan ishlovchi hukumatdan umidlari ro‘yobga chiqishini” kutmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid