Sport | 16:27 / 30.11.2016
9040
1 daqiqa o‘qiladi
Temurxo‘ja Abduholiqov O‘zbekiston kubogi finallari tarixida yangi rekord o‘rnatdi
O‘zbekiston kubogi finali doirasidagi «Lokomotiv» va «Nasaf» uchrashuvida Temurxo‘ja Abduholiqov tomonidan kiritilgan yagona gol toshkentliklarga g‘alaba keltirdi.
Tribuna.uz nashrida yozilishicha, Uchrashuvning 2-daqiqasida kiritilgan mazkur gol O‘zbekiston kubogi finallari tarixida kiritilgan eng tezkor gol bo‘ldi.
Temurxo‘ja Abduholiqovgacha eng tezkor gol «Paxtakor» sobiq himoyachisi Gochquli Gochquliyevga tegishli edi.
Turkmanistonlik legioner 2002 yilgi kubok finalida «Neftchi»ga qarshi uchrashuvda hisobni ochgandi. O‘shanda uchrashuv asosiy vaqti 3:3 hisobida tugagan, qo‘shimcha daqiqalarda esa toshkentliklar yana 3ta gol kiritib 6:3 hisobida g‘alaba qozongandi.
Mavzuga oid
16:50 / 18.10.2023
Chempionlik 22 yil o‘tib, poytaxtdan tashqariga chiqadimi? Bosh sovringa qaysi jamoa asosiy da’vogarligi haqida
20:17 / 03.08.2023
Tomoshabinlar antirekordi qayd etilgan OKMK – «Lokomotiv» o‘yinidan fotojamlanma
23:17 / 01.08.2023
O‘zbekiston kubogi. «Dinamo» «Paxtakor»ni turnirdan chiqarib yubordi
16:59 / 25.11.2022