Fan-texnika | 11:49 / 30.11.2016
6696
1 daqiqa o‘qiladi

Volvo paraplan yordamida yuk mashinasini sinovdan o‘tkazdi

Volvo kompaniyasi paraplan va FH yuk mashinasi tasvirlangan "Uchuvchi yo‘lovchi" nomli roligini taqdim etdi. Avtomobil 12,8 litrli, olti silindrli D13 dvigateli va I-Shift robotlashtirilgan quti bilan ta'minlangan. U modifikatsiyaga qarab, 420-540 ot kuchiga ega bo‘lishi mumkin. 

Paraplanchi yuk mashinasiga bog‘lanadi, avtomobil haydovchisidan esa yo‘l sharoitlari va o‘zgaruvchan landshaftga qaramay, uchuvchi qurilma havoda harakatlanishi uchun doimiy yuqori tezlikni ushlab turishi talab qilindi. 

Rolik mualliflari g‘oyasiga ko‘ra, tajriba I-Shift bilan jihozlangan yuk mashinasining ustunligini ko‘rsatib berishi kerak bo‘lgan.

Mavzuga oid