Volvöning ta’kidlaşiça, EX60 Gemini bilan işlaş uçun avvaldan loyihalangan birinçi Volvo böladi va haydovçi avtomobil bilan oddiy buyruqlar emas, tabiiy muloqot orqali işlaş imkoniyatiga ega böladi.

Volvo ma’lumotiga köra, Gemini avtomobilda qölsiz (hands-free) tarzda işlaydigan yordamçi bölib, köp bosqiçli vazifalarni ham suhbat şaklida bajara oladi. Masalan, haydovçi elektron poçtadagi mehmonxona bron qiliş manzilini topişni söraşi, yoki markaziy ekranga qaramasdan turib turli vazifalarni bajarişi mumkin.

Kompaniya kelgusida Gemini’ni yanada çuqurroq integratsiya qiliş rejasini ham aytgan: vaqt ötişi bilan SI avtomobil kameralari körayotgan manzaraga tayanib, atrof-muhit haqidagi savollarga javob beriş darajasigaça kengaytirilişi mumkin.

EX60’ning texnologik asosi sifatida Volvo HuginCore deb atalgan markazlaşgan hisoblaş tizimini körsatadi. U avtomobilning elektr/elektronika arxitekturasi, zona kontrollerlari va softverini bir tizimga boğlaydi va maşinani “software-defined car” (dastur orqali boşqariladigan avto) konsepsiyasiga yaqinlaştiradi.

Volvöga köra, EX60 hisoblaş quvvati 250 trillion operatsiya/soniyadan oşadi va maşina har bir yurişda “örganib boradi”: boşqa Volvo avtomobillari yiğgan ma’lumotlar (yöl hodisalari, xavfli holatlar va h.k.) asosida xavfsizlik tizimlari doimiy takomillaşib borişi közda tutilgan.

Reuters xabar berişiça, EX60 — Volvöning örta ölçamli töliq elektr SUV’i bölib, u Yevropada yozda bozorga çiqişi, keyinroq AQŞda ham sotuvga çiqişi kutilmoqda.

Volvo öz axborotida (oldingi e’lon qilingan ma’lumotlarga işora qilib) EX60 ayrim konfiguratsiyada bir zaryadda 810 kmgaça yura olişi va 400 kVt tez zaryadlaş quvvatida 10 daqiqada 340 kmgaça yuriş zaxirasini qöşişi mumkinligini aytadi (körsatkiçlar WLTP asosida).

Şu bilan birga, ixtisoslaşgan avtonaşrlar model versiyalariga qarab WLTP böyiça 620 km atrofidagi körsatkiçlar ham keltirmoqda.