«Barselona» o‘z vaqtida nega Ronalduni sotib ololmagani oydinlashdi
Kataloniyaning «Barselona» klubi sobiq prezidenti Joan Laporta o‘z vaqtida Krishtianu Ronalduni sotib olishi mumkin bo‘lgani haqida gapirdi.
«O‘sha paytlari biz Ronaldino, Rafael Markes va Rikardo Kuarejma bilan shartnoma imzolashga ulgurgandik. Biz jamoani qayta qurish davrida edik. O‘shanda «Sporting» bilan muzokaralar o‘tkazgani borganman. U «MYu»ga o‘tishidan oldin uning agenti - bizga Dekuni sotib olishda ko‘maklashgan agent bilan gaplashganman.
Biz Dekuni sotib olishga imkoniyatimiz yo‘qligini aytganimizda u menga aytgandi: Menda yana bir yigit bor - Ronaldu. Shunda biz unga 17 million yevro taklif qilganmiz, ammo «MYu» 19 million yevro taklif qilgan va uni ilib ketgan», – deydi Laporta.
Mavzuga oid
11:50 / 24.11.2024
«Siti» yana 4 ta gol o‘tkazdi, «Barsa» kambek qurboni. Kun o‘yinlari
13:34 / 11.11.2024
«Barsa» o‘yinida mojaroli qaror, Shomurodov yana murabbiysiz qoldi. Kun o‘yinlari
12:28 / 07.11.2024
«Villa» o‘yinida ahmoqona penalti, «Barsa» istagancha gol urmoqda. Kun o‘yinlari
12:26 / 04.11.2024