Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chechenistonda alkogolli ichimliklar savdosi taqiqlanmaydi
Foto: Getty Images
Checheniston hukumati alkogolli mahsulotlar savdosini taqiqlashni rejalashtirmayapti. Chunki Rossiya qonunchiligida bunday choralar ko‘zda tutilmagan, degan respublika rahbari Ramzan Qodirov.
Noyabr oyi oxirida "Kavkaz" federal trassasida yirik YTH ro‘y bergan, Ford avtomashinasining mast haydovchisi qarama-qarshi yo‘nalishda kelayotgan Lada Priora avtomobiliga kelib urilgani oqibatida 7 kishi hayotdan ko‘z yumgan edi.
Shundan so‘ng, Chechenistondagi barcha spirtli ichimliklar bilan savdo qiluvchi do‘konlar yopilgan edi. YTHning oldini olish bo‘yicha operativ shtabi rahbari Magomed Daudovning so‘zlariga ko‘ra, tadbirkorlar "ko‘ngilli ravishda o‘z faoliyatlaridan voz kechishgan".
"Savdoni qattiq nazoratga olmaymiz va bunday qila olmaymiz ham, chunki, qonunan bunga haqqimiz yo‘q, ammo bundan buyog‘iga dinimiz, odatlarimiz va mentalitetimizni ishga solishimiz mumkin", — degan Qodirov.
Mavzuga oid
18:42 / 13.04.2026
2026 yil uch oyida «avariyalar»ning 31 foizi o‘lim bilan yakunlangani ma’lum bo‘ldi
10:09 / 08.04.2026
Rossiya sudi “Ichkeriya”ni terroristik tashkilot deb topdi
12:06 / 07.04.2026
Chinozda YTH sodir qilib, odam o‘limiga sabab bo‘lgan YPX xodimi 7 yilga qamaldi
13:45 / 05.04.2026