Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nestle o‘z mahsulotlarida shakar miqdorini kamaytirish texnologiyasini ishlab chiqdi
Foto:AAP
Shveytsariyaning Nestle kompaniyasi o‘zining shokolad batonchalarida ta'mga putur yetkazmagan holda shakar miqdorini 40 foizga kamaytirish yo‘lini topdi, deb xabar bermoqda The Guardian.
KitKat, Aeros va Yorkies kabi shokolad batonchalari ishlab chiqaruvchi kompaniyaning yangi texnologiyasi bo‘yicha shakar tezroq eriydi, biroq til bu farqni sezmaydi.
Nashrning yozishicha, kompaniya ushbu ishlanmasini patentlashtirmoqchi.
Oxirgi vaqtlarda shakarni me'yoridan ko‘p iste'mol qilish Buyuk Britaniyada semirish bilan bog‘liq ko‘plab kasalliklarga sabab bo‘ldi va sog‘liqni saqlash muassasalari vakillari oziq-ovqat kompaniyalariga o‘z mahsulotlarida shakar miqdorini kamaytirishlarini so‘rab bir necha marotaba murojaat qilganlar.
Bu jihatdan Nestle texnologiyasi serdaromad bo‘lishi mumkin. Kompaniyada tez eruvchi shakardan foydalanish 2018 yilda boshlanishi ma'lum qilindi.
Mavzuga oid
19:17 / 15.02.2026
Misr kompaniyasi Jizzaxda ikkita shakar zavodi quradi
18:34 / 14.02.2026
Tadbirkor shakar importi uchun bojni olib tashlashni so‘radi
22:01 / 08.01.2026
Nestlé bolalar ozuqasi qaytarilmoqda. Ota-onalarni xavotirga solgan savollar
23:19 / 06.01.2026