Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda ishsizlar soni kamaymoqda
AQShdagi ishsizlik darajasi noyabr oyida o‘tgan oyga nisbatan 0,3 punktga pasaygan va 4,6 foizni tashkil etdi, deyiladi AQSh Mehnat vazirligi hisobotida. Bu so‘nggi to‘qqiz yil ichidagi eng quyi ko‘rsatkich bo‘ldi, deb aniqlik kiritgan Bloomberg agentligi.
Oylik statistika ma'lumotiga ko‘ra, jami ishsizlar soni 7,4 mln kishini tashkil etgan. Aholining erkak qatlami orasidagi ishsizlik 4,3 foizgacha pasaygan, ayollar orasidagi ishsizlik deyarli o‘zgarmagan 4,2 foizligicha qolgan. O‘smirlar orasidagi ishsizlik darajasi 15,2 foizni tashkil etmoqda.
Bu xabar Reuters agentligi murojaat qilgan tahlilchilarning prognozlaridan yaxshiroq bo‘lib chiqdi.
Mamlakat aholisining ishchi kuchidagi hissasi 62,7 foizga qisqargan. Bu esa 1978 yildagi eng past ko‘rsatkichga yaqindir.
Mehnat bozorining barqaror o‘sayotganiga oid ma'lumotlar esa, Federal zaxira tizimining dekabr oyidagi majlisida qayta moliyalash stavkasini ko‘tarishga yuz foizlik imkon beradi.
Mavzuga oid
09:24
Kellog: Tinchlik kelishuvini imzolashga ikkita band to‘sqinlik qilmoqda
08:35
MAGA ideologiyasi va YeI kelajagi: Berlin AQShning yangi strategiyasidan xavotirda
11:15 / 07.12.2025
AQSh Yevropadan yuz o‘giryaptimi? | “Geosiyosat”
01:22 / 07.12.2025