Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent futbol jamoasi Malayziyadagi xalqaro musobaqada qatnashadi
Malayziya poytaxti Kuala-Lumpur shahrida futbol bo‘yicha 2002 va 2004 yillarda tug‘ilgan futbolchilar o‘rtasida “Supermokh Cup 2016” xalqaro musobaqasi bo‘lib o‘tadi. Bellashuvlar 11-19 dekabr kunlariga belgilangan bo‘lib, unda Toshkentning “Spartak” futbol klubi vakillari ham ishtirok etadi.
Shuni alohida ta'kidlab o‘tish lozimki, poytaxtlik futbol ustalari xorijda bo‘lib o‘tayotgan qator turnirlarda munosib qatnashib kelmoqda.
Malayziyadagi musobaqada “Spartak-2004” futbolchilari “S” guruhida qatnashib, Malayziya, Janubiy Koreya va Xitoy klublariga qarshi to‘p surishadi. Turnirdagi ilk bellashuvda vakillarimiz “Malayziya sherlari”ga qarshi maydonga tushishsa, keyingi uchrashuvda “Guanchjou Evergrand” bilan kuch sinashadilar. Turnirning uchinchi turida esa Key Liga akademiyasi bilan to‘qnash kelishadi.
“Spartak” (Toshkent) jamoasiga Malayziyadagi xalqaro musobaqada omad tilab qolamiz.
Mavzuga oid
11:42 / 02.06.2026
“Malayziya yordamga tayyor” – elchi islomiy moliyani joriy qilish haqida
21:56 / 01.06.2026
Malayziya 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ijtimoiy tarmoqlarda ro‘yxatdan o‘tishini taqiqladi
08:18 / 05.05.2026
Ziroat Mirziyoyeva Malayziya qirolichasi bilan uchrashdi
12:54 / 02.04.2026