So‘nggi LaFerrari rekord miqdordagi pulga sotildi
LaFerrari gibridli superkarining so‘nggi – 500-nusxasi Daydon-Bich (AQSh)dagi ochiq savdolarda 7 million dollarga sotildi, deb xabar beradi MotorAuthority.
Tushgan daromadning barchasi Italiyaning zilziladan jabr ko‘rgan hududlarini tiklash uchun mablag‘ yig‘ayotgan National Italian American Foundation’s Earthquake Relief Fund jamg‘armasiga o‘tkaziladi. Avtomobil Ferrari firmasi tomonidan avvaldan o‘rnatilgan 499 nusxadan bitta ko‘proq qilib sotuvga qo‘yiladi. U aynan savdolarga mo‘ljallangan holda maxsus ravishda yig‘ildi. 2016 yilning avgustida Ferrari rahbari Serjio Markionne Maranellodagi zavodda 500- mashina yig‘ilib, u ota vataniga sovg‘a tariqasida xayriya “kim oshdi” savdolarida sotilishini ma'lum qilgandi. Aynan shu avtomobil Dayton-Bichdagi savdolarga qo‘yildi.
Superkar uchun olingan narx joriy yuz yillikda avtomobil uchun olingan rekord darajadagi mablag‘ sanaladi.
Avtomobil seriyadagi boshqa mashinalardan tashqi dizayn bilan farqlanib, salonda maxsus plastina o‘rnatiladi – u avtomobil tarixidan hikoya qiladi. Mashina kapotida esa Italiya bayrog‘i tasvirlanadi.
Avtomobilni xarid qilgan insonning ismi oshkor etilmagan.
Mavzuga oid
19:16 / 23.11.2024
Dunyodagi eng baland va eng past bo‘yli ayollar Londonda uchrashdi
16:11 / 22.10.2024
Kanadalik erkak itlarni sayr qildirish bo‘yicha jahon rekordini yangiladi. U bir vaqtda 38 ta itning jilovini ushlab yurgan
19:43 / 21.10.2024
Humanoid robot uzunlikka sakrash bo‘yicha jahon rekordini o‘rnatdi
16:50 / 10.10.2024