Qozog‘iston prezidenti yangi vazirlik tashkil etishni taklif qildi
Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev tashqi ishlar va savdo vazirligi tashkil etishni taklif qildi, deb xabar bermoqda NewTimes.kz axborot agentligi.
Nazarboyev bu haqda Ostonada sanoatlashtirish kuni doirasida o‘tgan teleko‘prik davomida ma'lum qildi.
"Tashqi savdo va investitsiyalar birga bo‘lishi kerak. Biz savdo boshqa vazirlikda, investitsiyalar esa boshqa vazirlikda. Kimdir har bir kompaniya ortidan yurib, bu yerga jalb qilishi kerak", deb murojaat qildi Nazarboyev Qozog‘iston vazirlar mahkamasi a'zolariga.
Nazarboyev "normal ishlovchi davlatlarda shunday ekanligini" qo‘shimcha qildi.
"Bizda esa bu yo‘q. Biz bu bilan kim aniq shug‘ullanishini belgilab olishimiz kerak. Bizda gapiradigan va jalb qiladigan odamlar bormi? Agar bo‘lmasa, unda ular o‘rniga xorijliklarni qo‘yib, ularga pul to‘lash kerak", deb aytdi Nazarboyev.
Nazarboyev "kimdir eksport bilan shug‘ullanishi kerakligini" aytgan.
"Hukumat qayerda savdo va qayerda investitsiyalar bo‘lishi kerakligini aniqlab olishi lozim. Balki aslida Tashqi ishlar vazirligi ko‘plab davlatlardagi kabi Tashqi ishlar va savdo vazirligi bo‘lishi kerakdir", deb taklif bildirdi Qozog‘iston prezidenti.
Mavzuga oid
07:30 / 05.11.2024
Qozog‘istonda o‘zbekistonlik haydovchiga jarohat yetkazgan fuqaroga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
21:49 / 04.11.2024
O‘zbekistonliklar 2024 yilda Qozog‘istonda eng ko‘p pul sarflagan xorijliklar qatoriga kirdi
23:10 / 02.11.2024
Qozog‘istonda «zamonaviy ko‘chmanchilar» uchun yangi viza turi joriy etildi
17:12 / 02.11.2024