Obama IShID paydo bo‘lish sabablari haqida fikrlarini bildirdi
AQShning amaldagi prezidenti Barak Obama terrorizm va unga qarshi muammolar xususida fikr bildirar ekan, AQSh yo‘l qo‘ygan xatolarni e'tirof etdi. Xususan, amerikalik harbiylarning Saddam Husayn tuzumini ag‘darish maqsadida Iroqda olib borgan harbiy harakatlaridagi kamchiliklar IShIDning paydo bo‘lishiga sabab bo‘lgan. Barak Obama Florida shtati Makdil HHK bazasida qilgan chiqishida shu haqdagi fikrlari bilan o‘rtoqlashgan.
"Biz 2003 yilgi harbiy amaliyotda yo‘l qo‘yilgan ayrim xatolarni takrorlashdan bosh tortdik. Aynan o‘sha vaqtdagi nuqsonlar IShID tashkiloti paydo bo‘lishining ilk sabablari bo‘ldi", - degan Oq uy ma'muriyati rahbari.
Saddam Husayn tuzumining qulashiga olib kelgan harbiy kampaniyani Obamadan avvalgi Jorj Bush kichik rahbarligidagi AQSh ma'muriyati amalga oshirgan edi. Ular Bag‘dod ixtiyoridagi kimyoviy qurollarni yo‘qotish bahonasi bilan Iroqni vayron qilgan edi. Alaloqibat, Iroqning o‘sha vaqtdagi hukumati ixtiyorida ommaviy qirg‘in qurollari mavjud bo‘lmagani isbotlandi.
Obama, shuningdek, Amerikaning Iroqda ko‘p sonli harbiy kuchlarini olib chiqishi IShID paydo bo‘lishiga olib kelganiga doir ayblovlarni keskin rad etdi.
"Amalda bu harakatlardan biri emas edi", - degan Obama. Uning izoh berishicha, o‘sha vaqtda Iroq rahbariyati "Amerika harbiy kuchlarining olib chiqilishini xohlagan va Amerika harbiylari maqomiga oid yangi kelishuvni imzolashga tayyor bo‘lmagan". Bu esa, AQSh harbiy kontingentini sud ta'qiblaridan himoya qilmaslikka olib kelar edi.
Bundan tashqari, rasmiy Bag‘dod o‘sha vaqtda dinlararo ziddiyatlarni keltirib chiqargan siyosat olib borgan.
Mavzuga oid
21:05
Iroq AQSh qo‘shinlarini o‘z hududida qoldirishga tayyor - OAV
11:30 / 21.12.2024
Qo‘rqmas jangchi – Saddam Husaynning nabirasi amerikalik askarlarga qarshi qanday jang qilgandi?
09:27 / 09.12.2024
AQSh Suriyada IShIDning 75 tadan ortiq obektiga zarba berdi
09:59 / 07.11.2024