Jahon | 21:21 / 09.12.2016
12234
2 daqiqa o‘qiladi

Nursulton Nazarboyev Qozog‘istonning 25 yil ichidagi asosiy yutug‘iga to‘xtaldi

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev mamlakatdagi millatlararo kelishuv, tinchlik va barqarorlikni respublika mustaqilligining 25 yil ichidagi asosiy yutug‘i deb hisoblaydi. Bu haqida TASS agentligi siyosatchining Qozog‘iston etnomadaniyat birlashmalari assambleyasi festivalidagi nutqiga asoslanib xabar berdi.

"Biz birlik va barqarorlikni qaror toptirishga muvaffaq bo‘ldik. Qozog‘istonda yashash, o‘qish, ishlash, bolalarni tarbiyalash qulay. Tinchlik, kelishuv, barqarorlik - 25 yillik mustaqillikning asosiy boyligidir", - dedi Nazarboyev. 

U bugungi kunda mamlakatda 1332 etnomadaniy markaz faoliyat yuritmoqda. Davlat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, bu "Qozog‘iston barcha uchun qadrdon uy ekanligining yaqqol dalili"dir. 

Prezident davlat "barcha etnomadaniy birlashmalarni muntazam va keng ko‘lamda qo‘llab-quvvatlayotgani, maktablarni moliyalashtirayotgani, ona tilidan saboq berayotgani"ni ta'kidladi. "Bizning gazeta va jurnallarimiz 15 tilda chop etiladi, teatrlarimizda esa 7 tilda spektakllar qo‘yiladi. Bu Qozog‘istongagina xos bo‘lgan jihat", - dedi u. 

Bugungi kunda Qozog‘istonda 140 etnik guruh vakillari yashaydi. Qozog‘iston Etnomadaniyat birlashmalari assambleyasi 1995 yilda Nursulton Nazarboyevning tashabbusi bilan tashkil etilgan. Uning asosiy vazifasi - davlat milliy siyosatini amalga oshirish, ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni ta'minlash va millatlararo munosabatlar sohasida davlat va fuqarolik institutlarining hamkorligi samaradorligini oshirish. 

 

Mavzuga oid