Jahon | 11:06 / 11.12.2016
6608
1 daqiqa o‘qiladi

Keniyadagi YTHda 40 kishi halok bo‘ldi

Foto: AFP

Keniyada yuz bergan yirik yo‘l transporti hodisasi oqibtida 40 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “Reyter” agentligi xabar bermoqda.
Voqea Nayvash shahridan o‘nlab kilometr shimolda yuz bergan.

“Ayni paytda biz 25 halok bo‘lgan insonning jasadini aniqladik. Ugandaga jo‘nagan yuk mashinasi boshqaruvni yo‘qotgan va bir qancha transport vositalariga borib urilgan”, — dedi Qizil Xoch vakili Felister Kioko.

“Assoshieyted Press” agentligi bergan ma'lumotga ko‘ra,yuk mashinasi kimyoviy moddalar ortgan bo‘lgan. Avariya oqibatida 11 ta avtomobil yonib ketgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid