Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘g‘il farzand orzu qilgan xitoylik ayol to‘rt qizini pichoqlab o‘ldirdi
Foto: AP
Xitoyning Guandun viloyatida istiqomat qiluvchi ayol to‘rt nafar yosh qizini pichoqladi. U o‘g‘il farzand ko‘rishni orzu qilgan bo‘lib, qotillikni depressiya holatda amalga oshirgan bo‘lishi mumkin, deb yozadi South China Morning Post nashri mahalliy OAVga asosan.
Voqea Chjantszyan shahar okrugidagi qishloqlardan birida ro‘y bergan. Mahalliy teleradiostansiya ma'lumotlariga ko‘ra, Chjou familiyalik 31 yoshli ayol noyabr oyida beshinchi qiz farzandini dunyoga keltirgan.
Xabar qilinishicha, Chjou va uning turmush o‘rtog‘i o‘g‘il farzand haqida orzu qilishgan, biroq ularda faqat qizlar dunyoga kelavergan. Beshinchi qiz tug‘ilgach, ayol depressiyadan aziyat chekkan. O‘tgan juma kuni esa u oshxona pichog‘ini qo‘lga olib, qizlariga hujum qilgan. Qizchalar tezlik bilan kasalxonaga yetkazildi, biroq ulardan to‘rt nafari olingan jarohatlar sabab hayotdan ko‘z yumishdi.
Qotil-ona qo‘lga olindi. Ayni damda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
08:00 / 08.05.2026
Farg‘onada onasini o‘ldirgan erkak 18 yilga qamaldi
22:59 / 05.05.2026
"Singlimni xo‘rlashgan": Sirdaryodagi mudhish qotillik haqida reportaj
08:12 / 04.05.2026
Aliment to‘lamaslik uchun xotini va qizini o‘ldirgan shaxs 19 yilga qamaldi
19:28 / 01.05.2026