Ayolning yaqinlari ma’lum qilişiça, voqea joriy yil 24 aprel kuni Toşkentdagi 9-tuğuruq muassasasida sodir bölgan. Ularning aytişiça, ayol homiladorlik davrini soğlom ötkazgan va tuğuruqqa jiddiy muammolarsiz kirgan.

Yaqinlarining sözlariga köra, tuğuruq jarayonida oğriqni kamaytiriş maqsadida epidural anesteziya qöllangan. Şundan keyin ayolning ahvoli oğirlaşib, u koma holatiga tuşgan. Çaqaloq kesarça kesiş amaliyoti orqali dunyoga keltirilgan.

Ma’lum qilinişiça, uç kundan keyin ona va çaqaloq Respublika şoşilinç tez tibbiy yordam körsatiş markazi jonlantiriş bölimiga ötkazilgan. Ayol komadan çiqqan, ammo unda falajlik alomatlari kuzatilgani aytilmoqda.

Toşkent şahar soğliqni saqlaş boşqarmasi Kun.uz söroviga javoban mazkur holatni tasdiqladi. Boşqarmaga köra, bemor ayni vaqtda mutaxassislar nazorati ostida davolanyapti.

Hozirça ayol ahvolining oğirlaşişi sabablari böyiça rasmiy xulosa e’lon qilinmagan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Kuvaytda faoliyat yuritayotgan özbek anesteziologi Jahongir Jörayev Kun.uz bilan suhbatda Özbekistonda anesteziologiya sohasi çuqur islohotlarga muhtojligini ta’kidlagan edi. Uning fikriça, anesteziologik yondaşuvlar va xavfsizlik standartlari yetarli darajada takomillaştirilmasa, oğir asoratlar va ölim bilan boğliq holatlar kuzatilişi davom etişi mumkin.