Light | 08:05 / 13.12.2016
26522
4 daqiqa o‘qiladi

Yangi yil bayramida qarindoshlar va yaqinlarga nima sovg‘a qilish mumkin?

Tez orada sevimli Yangi yil bayrami kirib keladi, bu esa yaqinlar va qadrdonlarga qanday sovg‘alar ulashish haqida hozirdan bosh qotirish zarur, degani. Qandaydir 2—3 haftadan so‘ng narxlar keskin oshib ketadi, tanlov esa shunchaki sotilmay qolgan mahsulotlar bilan cheklanib qoladi. Shunday ekan, sovg‘alarni izlashga tezroq otlanish vaqti keldi! Bu borada esa biz sizga yordam beramiz.

Ota-ona uchun sovg‘alar
Birinchi galda eng yaqin va qadrli insonlar uchun sovg‘a tanlash lozim. Gap, albatta, sevimli ota-onamiz haqida bormoqda. Siz, katta ehtimol bilan, onangiz nima orzu qilayotganini bilasiz — bu multivarka, orombaxsh xalat, issiq ro‘mol yoki birorta yoqimli atir bo‘lishi mumkin. Sochiqlar to‘plami, ko‘rpa-to‘shak, oilaviy suratlar bilan to‘ldirilgan fotoalbom yoki chiroyli idish-tovoqlar ham onalar uchun yaxshi sovg‘a bo‘la oladi. Otalarga esa, oila boshlig‘i sifatida, sifatli soatlar, issiqqina sharf yoki ish xonasi uchun stol chirog‘i ma'qul kelishi mumkin. Qiziqishlar bilan bog‘liq sovg‘a — baliqchilik ixlosmandiga yangi qarmoq, ashaddiy kitobxonga esa muallifning dastxati qo‘yilgan kitoblar to‘plami ham unutilmas sovg‘aga aylanishi mumkin.

Turmush o‘rtoq uchun sovg‘alar
Suyukli er uchun issiq sviter, qiziqarli gadjyet (original fleshka yoki xard-disk, telefon uchun g‘ilof yoki naushniklar) yoki avtomobil uchun aksessuarlar sovg‘a qilish mumkin. Ayollarning ko‘nglini topish esa, ma'lumki, biroz qiyinroq: yaxshisi, uning nima xohlayotgani haqida oldindan, asta so‘rab olgan ma'qul. Bu zargarlik buyumlari (tanlov masalasida xato qila ko‘rmang!), o‘ziga oro berish anjomlarining bayramona to‘plami yoki sevimli atirlar bo‘lishi mumkin. 

Hamma uchun sovg‘alar
Avvallari sovg‘a olish uchun bir necha kun sarflab, ikki-uch bozorni aylanib chiqishga to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, hozir birgina Home Market’ga tashrif buyurib, qariyb barchaga ma'qul tushadigan sovg‘alarni topsa bo‘ladi. Yangi yil qahramonlari ko‘rinishidagi yorqin shaklchalar, ajoyib idish-tovoq to‘plamlari, uyni bayramona bezash uchun hamma narsa. Siz bu yerda ota-onangiz, turmush o‘rtog‘ingiz, qarindoshlar, do‘stlar, hamkasblar — umuman olganda, hamma uchun qandaydir sovg‘ani albatta topa olasiz! Home Market’da bolalar uchun ham yoqimli mayda-chuydalarni — baxmaldan tayyorlangan yoqimtoy Qorbobolarning shirin to‘plamlari, karnaval niqoblari va qo‘shiq kuylaydigan o‘yinchoqlarni arzon narxda xarid qilish mumkin.

Sovg‘alarni tanlashga qanchalik erta kirishsangiz, Yangi yil kayfiyati ham shunchalik tez yetib keladi — bu tekshirilgan!

Yangi yil bayrami arafasidagi tashvishlaringiz har doim shirin, yaqinlaringizning minnatdor tabassumlari esa doimo iliq va samimiy bo‘lsin!

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid