Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Lokomotiv»ning OChLdagi raqiblari ma'lum bo‘ldi
Foto: OFK
Osiyo Chempionlar Ligasining 2017 yilgi mavsumi uchun qur'a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Musobaqaning guruh bosqichiga O‘zbekistondan faqatgina mamlakat chempioni «Lokomotiv» to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘l olgan. Oliy Ligada ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni qo‘lga kiritgan «Nasaf» va «Bunyodkor» pley-off bosqichida ishtirok etadi.
«Lokomotiv» «A» guruhida ishtirok etadi. Bu guruhda toshkentliklar jamoasiga BAAning «Al-Ahli», Saudiya Arabistonining «At-Tavun» klublari raqib bo‘lishi aniq. Guruhdagi to‘rtinchi jamoa nomiga pley-off bosqichidan keyin oydinlik kiritiladi. Bu o‘rin uchun Eronning «Istiqlol» va Qatarning «As-Sadd» klublari kurash olib boradi.

Ma'lumot uchun, so‘nggi ikki mavsumda OChLda ishtirok etgan «Lokomotiv» ikkinchi urinishda chorak finalga qadar yetib borgandi.
Mavzuga oid
20:44 / 26.11.2025
OChL-2. «Andijon» beshinchi o‘yinni ham durang bilan yakunladi
20:41 / 24.11.2025
«Nasaf» Osiyo Chempionlar Ligasida beshinchi o‘yinni ham yutqazdi
23:05 / 05.11.2025
OChL-2. «Andijon» safarda «Al-Xolidiya» bilan durang o‘ynadi
21:09 / 03.11.2025