Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Meksikaning Verakrus shtatida qarzdorlik sabab favqulodda holat e'lon qilindi
Foto: © RIA
Meksikaning aholi soni ko‘pligi bo‘yicha ikkinchi shtati bo‘lgan Verakrus dushanba kuni juda ham yirik qarz sabab favqulodda moliyaviy holatni e'lon qildi.
Gubernator Migel Yunes Linaresning xabar berishicha, qarzdorlikning umumiy miqdori 56 milliard peso (deyarli 2,75 milliard dollar)ni tashkil qiladi. "Bunday vaziyat tarixda bo‘lmagandi. Verakrus 12 yil davomida xonavayron bo‘ldi", - deya ma'lum qilgan Linares.
Verakrus rahbari xotirjamlikka chaqirgan, biroq hukumat o‘z majburiyatlari bo‘yicha jiddiy to‘lov qarzdorligiga ega ekanini tan oldi. U davlat rahbari Enrike Pene Netoga vaziyatga tezkorlik bilan yondashish lozimligini aytib, murojaat qilgan.
Shtatning avvalgi gubernatori Xaver Duarte esa oktabr oyida korrupsiya jinoyatlarida ayblanib, lavozimidan vaqtinchalik chetlatilgandi.
Mavzuga oid
23:04 / 03.03.2026
Meksikada narkokartel yetakchisi «El Mencho» oltin tobutda dafn etildi
21:30 / 03.03.2026
FIFA prezidenti Meksika jahon chempionatini qabul qilishga tayyorligiga ishonch bildirdi
23:00 / 24.02.2026
Meksikada narkokartel rahbari o‘ldirilgandan keyingi tartibsizliklar to‘xtadi
11:57 / 24.02.2026