Jamiyat | 09:38 / 14.12.2016
7952
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiyada pensionerni kaltaklagan o‘zbekistonlik ayol 7 yilga qamalishi mumkin

Moskva viloyati huquqni muhofaza qilish organi xodimlari o‘zbekistonlik 36 yoshli ayolga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atishdi. U sobiq ixtirochi va pensioner Vladimir Bruverga qarash jarayonida uni kaltaklagan. Bu haqda Rossiya OAV yozmoqda.

"Tergov jarayonida ayblanuvchi jinoyatni sodir etishiga nima sabab bo‘lgani haqida gapirib berdi. Aybini qisman tan olgan. Tergov tomonidan yetarli dalil-isbotlar to‘plandi. Jinoiy ish sudga oshirilgan", - deyiladi mahalliy nashrlar xabarida. 

Ma'lumotlarga ko‘ra, u bir yil davomida pensionerni haqorat qilib, kaltaklagan. Voqea esa kvartirada kuzatuv kameralari o‘rnatilganidan keyin oshkor bo‘ldi. O‘zbekistonlik ayol 7 yilga ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid