Latviya Davlat xavfsizlik xizmati Şveytsariyada poyezdda ukrain-belaruslar oilasini oğzaki haqorat qilgan, söng ularga hujum qilgan rusiyzabon fuqaroga nisbatan jinoiy iş oçdi. Tegişli bayonot 17 oktyabr, juma kuni maxsus xizmat saytida e’lon qilindi.
14 oktyabr kuni Ukraina fuqarosi Yelena Dudnikning Instagramʼdagi sahifasida Bern kantonida Interlakendan Şpitsga ketayotgan poyezdda bir kun oldin sodir bölgan voqea aks ettirilgan beş daqiqalik videoni körib çiqiş natijasida milliy va etnik adovat qözğatiş moddasi böyiça iş oçildi.
Yelena, uning turmuş örtoği, Şveytsariyadagi Belarus oilasida tuğilib ösgan Gabriel Şarov va farzandi poyezdda ketayotganida yonlarida ötirgan rus tilida sözlaşuvçi erkak ularga tajovuzkorona murojaat qila boşlagan. Bu Yelena eri bilan ukrain tilida gaplaşganidan keyin sodir bölgan.
Xususan, erkak özini «rus odami» deb ta’kidlagan va uning «okopda yigitlari ötirganini» aytgan. Videoda «Sizlarni oxirigaça öldiramiz!» degan tahdid ham bor. U, şuningdek, oila işsiz ekanligini va u «soliq tölagan» mamlakatda «nafaqa hisobidan yaşayotganini» ta’kidlagan. U qöpollik bilan farzandi «ruhiy zarar körmasdan turib» vagonni tark etişlarini talab qilgan.
Gabrielga murojaat qilib, u nima uçun «okoplarda» emasligini söragan va Şveytsariya pasportini körsatişni talab qilgan. Gabriel politsiyaga qönğiroq qilyapti deb öylaganida, u: «Politsiyani çaqiryapsanmi? Men seni özim sindiraman!» - degan.
Bundan taşqari, erkak Şveytsariya fuqarosi ekanligini va agar politsiyaga murojaat qilsa, Yelena va Gabriel deportatsiya qilinişini aytgan. Şuningdek, u bir neça bor Yelenadan telefonida suratga olgan videoni öçirib taşlaşni talab qilgan. Video yölovçining Gabrielga hujum qilişi bilan tugaydi. DW Şveytsariyaning Bern kantonidagi politsiyaga sörov yubordi.













