Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BMTning Suriya bo‘yicha maxsus vakili Idlib taqdiridan ogohlantirdi
Suriyaning Halab shahridan Idlib viloyatiga tinch aholi vakillari bilan birga jangarilar ham oilalari bilan ko‘chirilmoqda. Bu viloyat qurollangan guruhlar nazoratida. Ozod qilingan Halab shahrida 50 mingga yaqin kishi qolmoqda. Ularning 40 ming nafari mahalliy aholi, 10 ming kishi isyonchilar va ularning oila a'zolari bo‘lib, so‘nggi guruh ham vaqti kelganda Idlib viloyatiga yuboriladi.
BMTning Suriya bo‘yicha maxsus vakili Staffan de Misturaning fikricha, Idlib Halab taqdirini takrorlashi mumkin. U Fransiya tashqi ishlar vaziri Jan-Mark Eyro bilan Parijda o‘tkazgan uchrashuvidan so‘ng, shunday fikrni bildirgan, deb xabar qilmoqda Reuters agentligi.
«Siyosiy kelishuvlarsiz, o‘t ochishni to‘xtatish borasidagi bitimlarsiz Idlib ikkinchi Halabga aylanishi mumkin», — degan de Mistura.
15 dekabrda Suriya armiyasi Halabdagi barcha jangarilarni ular nazorat qilayotgan mavzelardan quvib chiqargani ma'lum bo‘ldi.
Rossiya harbiylarining ta'kidlashicha, 900dan ortiq ekstremist yo‘q qilingan. O‘nlab og‘ir qurol-aslaha va texnikalar vayron qilingan. 3 mingdan ortiq jangari ko‘ngilli ravishda Halabni tark etgan. Ularning yarmidan ko‘pi avf qilingan, deb ma'lum qilgan Rossiya Bosh shtabi Bosh operativ boshqarmasi rahbari o‘rinbosari general-leytenant Viktor Poznixir.
Suriya prezidenti Bashar Asad Halabning ozod qilinishini tarixning miloddan avvalgi va keyingi davr sifatida bo‘linishiga qiyoslagan edi.
2016 yil dekabr oyi o‘rtalarida Suriya qo‘shinlari Halabni to‘liq egalladi.
Mavzuga oid
08:45
Ukraina Rossiyani BMTdan chiqish haqida o‘ylab ko‘rishga chaqirdi
08:15 / 08.06.2026
BMT kuchli El-Nino haqida ogohlantirdi
08:10 / 06.06.2026
Ukraina BMT Xavfsizlik kengashini favqulodda yig‘ilishga chaqirdi
12:20 / 04.06.2026