AQŞ prezidenti Donald Tramp Rossiya rahbari Vladimir Putinning Erondan 60 foizgaça boyitilgan 450 kilogramm uranni olib çiqiş haqidagi taklifini rad etdi. Bu haqda 13 mart, juma kuni Axios portali manbalarga tayanib xabar berdi. Aytilişiça, Rossiya rahbari bu taşabbusni 9 mart kuni bölib ötgan amerikalik hamkasbi bilan telefon suhbati çoğida ilgari surgan.

OAV ma’lumotlariga köra, Putin Tramp bilan suhbat davomida AQŞ va Isroilning Eronga qarşi uruşiga barham beriş böyiça bir neçta ğoyani taklif qilgan. Eron uranini Rossiyaga olib çiqiş şulardan faqat biri bölgan. 60 foizgaça boyitilgan uranning xavfi şundaki, uni bir neça hafta içida qurol darajasi hisoblangan 90 foizgaça yetkaziş mumkin. Eronda saqlanayotgan 450 kilogramm uran esa 10 tadan ortiq yadroviy bomba uçun yetarli hisoblanadi.

“Bu taklif (boyitilgan uranni Rossiyaga olib çiqiş haqida — tahr.) birinçi marta ilgari surilayotgani yöq. U qabul qilinmadi. AQŞ pozitsiyasi şundan iboratki, biz uranning xavfsiz saqlanişiga işonç hosil qilişimiz kerak”, — dedi Axios naşriga amerikalik amaldorlardan biri.

Portalning ta’kidlaşiça, Rossiya bunday taşabbus bilan avval ham — 2025 yil may oyida bölib ötgan AQŞ–Eron muzokaralari paytida, ya’ni AQŞ va Isroilning 2025 yil iyunda Eron yadroviy obektlariga hujumlaridan sal oldin, şuningdek 2026 yil 28 fevralda boşlangan Yaqin Şarq uruşi arafasida ham çiqqan edi. Şu bilan birga, Axios suhbatdoşining aytişiça, Tramp vaziyatni faqat Putin bilan emas, balki Xitoy rahbari Si Jinping va Yevropa yetakçilari bilan ham muhokama qilmoqda.

Axios yozişiça, uruş boşlanişidan oldingi muzokaralarning sönggi bosqiçida Eron uranni AQŞga ixtiyoriy ravişda topşiriş ğoyasini rad etgan va allaqaçon boyitilgan uranni öz obektlarida Atom energiyasi xalqaro agentligi (AEXA) nazorati ostida suyultirişni taklif qilgan.

Bundan taşqari, The Wall Street Journal gazetasi yozişiça, Tehron boyitilgan uran zaxirasining bir qismini Rossiyaga topşirişga ham tayyor bölgan. Ammo bunday variantlar AQŞni qoniqtirmagan.

Avvalroq Axios AQŞ va Isroil uruşning keyingi bosqiçida yadroviy arsenal xavfsizligini ta’minlaş uçun Eronga maxsus kuçlarni yuboriş masalasini muhokama qilgani haqida xabar bergan edi. AQŞ uruş vaziri Pit Hegset mamlakatda Eronning yuqori darajada boyitilgan urani ustidan nazorat örnatiş uçun “bir qator variantlar” borligini aytgan. Biroq u AQŞ aynan uran zaxiralarining ixtiyoriy topşirilişini “mamnuniyat bilan qabul qilişini” ham ta’kidlagan.

2015 yilda Eron, şuningdek BMT Xavfsizlik kengaşining doimiy a’zolari bölgan beş davlat — Buyuk Britaniya, Xitoy, Rossiya, AQŞ va Fransiya, şuningdek Germaniya Eron yadroviy dasturi böyiça kelişuvga erişgan va Qöşma keng qamrovli harakatlar rejasini (QKHR yoki JCPOA) tuzgan edi.

Uşbu kelişuv, jumladan, Eron bosqiçma-bosqiç sanksiyalar bekor qilinişi evaziga AEXAni öz obektlariga kiritişi va boyitilgan uranning asosiy qismini xorijga topşirişini nazarda tutar edi. Natijada Rossiya Eronning 11 tonnadan ortiq uranini qabul qilgan, evaziga esa Tehronga boyitiş uçun xomaşyo hisoblangan taxminan 140 tonna uran rudasini topşirgan.

2018 yil may oyida, öşa paytda AQŞ prezidenti lavozimini ilk bor egallagan Tramp özidan oldingi prezident Barak Obama davrida imzolangan Eron bilan kelişuvdan AQŞ çiqişini e’lon qildi. Uning sözlariga köra, AQŞda Eron yadroviy qurol yaratişni davom ettirayotgani, şu orqali QKHRni buzgani haqida dalillar bölgan.