Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniya janubi-g‘arbidagi Turk masjidiga cho‘chqa kallasi tashlab ketildi
Germaniyaning janubi-g‘arbidagi Eringen shahrida joylashgan masjidga aksilislom hujumi uyushtirildi. Noma'lum kishilar Turk masjidi (Masjiyd-ut-turkiy) oldida cho‘chqa kallasini tashlab ketishgan. Ertasi kuni ertalab o‘g‘lini masjiddagi Qur'onni o‘rganish saboqlariga olib kelgan kishi bu yerda cho‘chqaning kallasini ko‘rib qoladi. Bu haqida Turkiyaning Daily Sabah nashri xabar berdi.
Masjid voqea yuzasidan shikoyat yozib, kerakli idoraga murojaat qilgan bo‘lsa-da, jinoyatchining qo‘lga olinishiga umid kam. Politsiya vakili Rayner Ottning ma'lum qilishicha, mazkur ish yuzasidan hali aniq natijaga erishilmagan.
Eringemdagi Turk masjidi politsiyaga barcha kuzatuv kameralari materiallarini taqdim etgan, lekin inshootni qo‘riqlash uchun soqchi talab qilmagan. Ottning so‘zlariga ko‘ra, masjidni nazorat qilish ularning har kungi vazifalari qatoriga kiradi.
Eringen meri Tilo Mixler ham bunday hujumni qoralab, politsiya aybdorlarni topishiga umid bildirdi.
Bu masjidga uyushtirilgan birinchi hujum emas. 2015 yilning avgustida masjidning old tomoniga noma'lum erkak tomonidan "Musulmonlarga o‘lim!" deb yozib ketilgan. Bu voqeadan bir necha hafta o‘tib, yovuz niyatli kimsalar masjid devoriga tuxumlar otib ketishgan.
Turk masjidi jamiyatning ko‘p sohalarida faol ish olib boradi hamda shahar va xristianlar jamiyati bilan munosabatlarni qo‘llab-quvvatlaydi. Eringen musulmonlari qochqinlar uchun o‘z uylari eshiklarini ochishgan, shuningdek ular aksilislom harakatlarga faol qarshilik ko‘rsatib kelishadi.
Mavzuga oid
10:40
Yevropaning yangi avlod jangovar samolyoti loyihasi to‘xtatildi
11:20 / 08.06.2026
O‘zbekiston fuqarolarini Germaniya mehnat bozoriga jalb etish kengaytiriladi
08:40 / 06.06.2026
Kremlda Putin va Shryoder o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi
08:51 / 04.06.2026