Jamiyat | 16:12 / 16.12.2016
20946
1 daqiqa o‘qiladi

Kattalar uchun multfilm: Ichkilik ko‘zgusidagi eng ayanchli aks

Inson hayoti davomida og‘ir holatlarga tez-tez tushadi. Ulardan qutilish yo‘lini tinimsiz qidiradi. Bu yo‘lda ruhiy tushkunlikka tushadi, qiynaladi, azoblanadi, har gal turli to‘siqlarga uchrayveradi va oxir-oqibat o‘zi yasab olgan haqiqat olamida hayot kechirishni boshlaydi.

Bir kun kelib ana shu haqiqat deb bilgan olami uni yeb bitiradi, aziz umrini zavol qiladi. Ana shu paytda unga hech kim yordam bera olmaydi.

Ichkilik ham ana shunday illatlardan biri. Bayram bahona boshlangan bu odat kimnidir alkogolizmga, jamiyatni esa kuchsizlikka olib keladi. Quyida ko‘rsatilayotgan multfilmda ichkilik insonni ojiz bir maxluqqa, abadiy asirlikka, eng asosiysi, Inson atalmish mukarramlikka rahna solishi ko‘rsatib o‘tilgan.

Sarvar Anvar o‘g‘li

Mavzuga oid