Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Obama Suriya fuqarolik urushida AQSh tutgan pozitsiyaga baho berdi
AQSh prezidenti Barak Obama mamlakatining Suriyada davom etayotgan fuqarolik urushida qo‘llayotgan siyosatini to‘g‘ri deb baholadi. U bu haqda matbuot anjumanida bayonot berdi, deya xabar qilmoqda Reuters agentligi.
Amerika prezidentining so‘zlariga ko‘ra, u mojaroga barham berish uchun barcha tomonlarning urinayotganini tushunadi va AQSh tomonidan ko‘rsatilayotgan harbiy yordamsiz, buni «osongina» qo‘lga kiritib bo‘lmaydi.
Obamaning aytishicha, AQSh uchun ushbu inqirozdagi bosh masala mojaroli hududni tark etishni xohlayotganiga qaramay, imkoniyatga ega bo‘lmagan tinch aholi vakillarini ozod qilishdir.
Avvalroq, Obama Suriya, Rossiya va Eronni Halabdagi vaziyat uchun aybdor deb baholagan edi.
Mavzuga oid
18:31
AQSh sayyohlik va biznes vizalari uchun tezkor suhbat bo‘yicha pullik xizmatni yo‘lga qo‘yadi
15:12
Amerika biznesi O‘zbekiston loyihalariga qiziqishni kuchaytirmoqda - Saida Mirziyoyeva
13:13
Ho‘rmuz yaqinida AQSh armiyasining «Apache» vertolyoti qulab tushdi
10:25