Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Povetkin "muvaqqat" WBC kamari uchun Stivern bilan kuch sinashadi
Rossiyalik professional bokschi Aleksandr Povetkin Butunjahon boks kengashining (WBC) "muvaqqat" chempionligi uchun ringga ko‘tariladi. U o‘ta og‘ir vazn toifasida kanadalik bokschi Bermeyn Stivernga qarshi jang o‘tkazadi. 12 raundli boks kechasi Yekaterinburg shahrida bo‘lib o‘tadi, deb xabar qilmoqda TASS agentligi.
Povetkin shu yilning 21 mayida WBC tasnifi bo‘yicha jahon chempioni amerikalik Deontey Uaylderga qarshi Moskvada ringga chiqishi kerak edi, ammo rossiyalik sportchi qonida meldoniy izlari topilgani sabab, jang qoldirildi. Keyinchalik WBC tergov ishlarini yakunlab, Povetkinga nisbatan sanksiya qo‘llamaslikka qaror qildi. Biroq Uaylder jarohat olgani sababli, unvonini himoya qila olmadi. Shu sababli, tashkilot rahbariyati bo‘sh qolgan unvon uchun kurash o‘tkazishga qaror qildi.
Kanadalik bokschi ham noyabr oyida doping tahlilida ijobiy natija bergan edi, biroq WBC uni juda jiddiy holat sifatida baholamagan va jangni bekor qilmagan.
Ikkala bokschi ham bundan avval, jahon chempionligi nashidasini totgan. Povetkin 2011-13 yillarda WBA chempioni bo‘lib, to‘rt marta o‘z unvonini munosib himoya qila olgan. 2013 yil oktabrida ukrainalik Vladimir Klichko ochkolar hisobida uni mag‘lub etgan edi. Shundan so‘ng, murabbiylik shtabini o‘zgartirdi va qatorasiga 4 marta yana g‘alaba qozondi.
Stivern esa Vladimir Klichkoning akasi Vitaliy faoliyatini yakunlagandan so‘ng, 2014 yilda WBC chempionligini qo‘lga kiritgandi. Ammo amerikalik Kris Arreoluni texnik nokaut bilan mag‘lub etgan Stivern keyingi safar unvonini himoya qila olmadi va ochkolar hisobi bo‘yicha Uaylderga yengildi.
Bukmekerlik idoralarining ma'lum qilishilaricha, ushbu jangda favorit bokschi aniq. Bu – Aleksandr Povetkindir. Biroq Stivern beqaror bokschi hisoblanadi va har safar har xil kayfiyatda ringga ko‘tariladi.
Shunday qilib, 17 dekabr kuni 37 yoshli Povetkin 38 yoshli Stivern bilan kuch sinashadi. Aytish joizki, bu jang ikkala bokschi uchun ham chempionlik sari so‘nggi yurish bo‘lishi mumkin.
Bokschilarning ikkisiga 1,35 mln AQSh dollaridan, g‘olibga qo‘shimcha ravishda 300 ming dollar beriladi.
Mavzuga oid
10:42 / 18.11.2023
Jalolov 14-jangida ham nokaut bilan g‘alaba qozondi, Xalokov va yana 4 bokschimiz raqibidan ustun keldi
21:46 / 16.11.2023
WBC Toshkentda 2023 yildagi eng yaxshi bokschisini e’lon qildi
19:00 / 16.11.2023
Jahon boks yulduzlari O‘zbekiston poytaxtida WBC yo‘nalishi bo‘yicha jahon chempioni unvoni uchun ringga ko‘tariladi
21:09 / 04.10.2023