Boks keçasining asosiy jangida oğir vazn toifasida özbekistonlik boksçi Bahodir Jalolov Janubiy Afrika vakili Kris Tompsonni birinçi raundning, ikkinçi daqiqasidayoq çuqur nokautga uçratib, ğalabaga erişdi.
Şuningdek, özbekistonlik boksçilardan Qudratillo Abduqahhorov, Miraziz Mirzaxalilov, Abdumalik Xalokov va Mujibillo Tursunov singari boksçilarimiz ham ringga çiqib, ğalabaga erişdi.
Jahon çempioni Abdumalik Xalokov professional boksdagi ilk bahsida ukrainalik Aleksandr Yegorovni 2 raunddayoq nokautga uçratdi.
Qudratillo Abduqahhorov tanzaniyalik Maona Allini ikkinçi raunddayoq nokautga uçratgan bölsa, Miraziz xitoylik Runki Jouni 8 raund davom etgan bahs natijasiga köra taslim etdi.
Mujibillo Tursunov birinçi yarim örta vaznda WBC Central Asia kamarini himoya qila oldi. U xitoylik Yangçeng Jin bilan bahs olib bordi va 8 raund yakuniga köra, uni mağlubiyatga uçratdi.
Barça janglar va ularning natijalari bilan tanişing:
- Ikkinçi eng yengil vaznda (-55,2): Avetis Nalbandyan (Armaniston) — Vikaş Dahiya (Hindiston). Oçkolar hisobiga köra Nalbandyanning ğalabasi
- Yarim yengil vaznda (-57,1 kg): Abdumalik Xalokov (Özbekiston) — Oleksandr Yegorov (Ukraina). 2-raundda texnik nokaut evaziga Xalokovning ğalabasi.
- Yarim örta vaznda (-66,6 kg): Qudratillo Abduqahhorov (Özbekiston) — Maono Alli (Tanzaniya). 2-raundda texnik nokaut evaziga Abduqahhorovning ğalabasi.
- Eng yengil vaznda (-53,5 kg): Miraziz Mirzahalilov (Özbekiston) — Runqi Jou (Xitoy). Oçkolar hisobiga köra Mirzahalilovning ğalabasi
- Örta vaznda (-72,5 kg) WBC Sentral Asia turniri finali: Anvar Turopov (Özbekiston) — Suhrob Qayumov (Özbekiston). 2-raunddan söng Qayumovning ğalabasi qady etildi.
- Birinçi örta vaznda (-69,8 kg) WBC International kamari uçun: Ermal Hadribey (AQŞ) — Karlos Molina (Meksika). 9-raundda texnik nokaut evaziga Hadribeyning ğalabasi.
- Birinçi yarim örta vaznda (-63,5 kg) WBC Sentral Asia kamari uçun: Mujibillo Tursunov (Özbekiston) — Yangçeng Jin (Xitoy). Oçkolar hisobiga köra Tursunovning ğalabasi.
- Örta vaznda (-72,5 kg) WBC Eliminator jangi (12 raundlik): Meyirim Nursultanov (Qozoğiston) — Xulio Alamos (Çili). Oçkolar hisobiga köra Nursultanovning ğalabasi.












