Sport | 14:01 / 18.12.2016
6543
1 daqiqa o‘qiladi

Kostya Dzyuning o‘g‘li professional ringdagi ilk jangini g‘alaba bilan boshladi

Rossiyalik mashhur bokschi Kostya Tszyuning o‘g‘li Tim Tszyu professional faoliyatidagi ilk jangni o‘tkazdi.

21 yashar Tim 72,6 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida ringga ko‘tarildi va avstraliyalik Zorran Kessedini mag‘lub etdi.
Uchrashuv Tszyu oilasi yashab kelayotgan Sidneyda bo‘lib o‘tdi va hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra, Timning g‘alabasi bilan yakunlandi - 60:54.

 

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid