Bektemir Meliqo‘ziyev debyut jangida tajribali raqibni birinchi raunddayoq nokautga uchratdi
Professional boksning super o‘rta (-76,2 kg) vazn toifasida faoliyatini boshlagan o‘zbekistonlik Bektemir Meliqo‘ziyev (1-0, 1 KO) debyut jangini o‘tkazdi.
Los-Anjyelesda, Hollivuddagi The Avalon saroyida professional boksdagi ilk jangida shu vaqtga qadar professional ringda 46 jang o‘tkazgan argentinalik Martin Fidel Riosga (23-20-4, 13 KO) qarshi ringga ko‘tarildi.

6 raundga mo‘ljallangan jangning birinchi raundidayoq profi-boksdagi faoliyatini «bezori» (Bully) laqabi bilan boshlagan o‘zbekistonlik sportchi tomonidan berilgan dastlabki kuchli zarba Riosni yerga qulatdi va hakam sof nokaut qayd etdi.
— Boxeo Boxing Boxen ボクシング Boks มวย boks 拳击 (@Hock1717) June 14, 2019
Qayd etish lozim, argentinalik bokschi uzoq vaqt o‘ziga kela olmay o‘rnida tura olmadi. Shunday qilib Meliqo‘ziyev o‘zining debyut jangida g‘alaba qozondi.

Bektemir Meliqo‘ziyev shu yilning aprelidan buyon Amerikada «Mir boksa» promouterlik klubi tarkibida mashg‘ulotlarda ishtirok etib kelmoqda. GoSport.uz internet-nashri ma'lumotiga ko‘ra, uning murabbiylari Joel Dias va Antonio Dias hisoblanadi.

Tavsiya etamiz
Ish staji yetarli bo‘lmasa ham pensiya tayinlanadimi?
O‘zbekiston | 10:03 / 31.05.2025
Eng ko‘p tug‘ilish qayd etilgan hudud ma’lum qilindi
O‘zbekiston | 11:34 / 30.05.2025
Alonso «Real»da. Endi kim o‘zgaradi – klub yoki murabbiy?
Sport | 11:37 / 29.05.2025
Chet ellik jangchilar, xususan o‘zbeklar Suriyadan quviladimi?
Jahon | 21:35 / 28.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” Qurbon hayiti sharafiga aksiya e’lon qildi – 50% gacha chegirma
Jamiyat | 17:00
-
Polsha prezidentlik saylovida Karol Navrotski g‘alaba qozondi
Jahon | 17:16
-
«BAAdagi fuqarolarimizni tezlikda tekshiruvdan o‘tkazish uchun barcha imkoniyatlar safarbar etilgan» - TIV
O‘zbekiston | 16:53
-
“Yaponiyada birinchi bo‘lib rahbarlar ishdan olinadi” – yapon biznesini boshqarayotgan o‘zbek ayoli
O‘zbekiston | 16:50
Mavzuga oid

10:48 / 31.05.2025
Bektemir Meliqo‘ziyev amerikalik bokschidan ustun keldi

09:34 / 03.11.2024
Bektemir Meliqo‘ziyev og‘ir kechgan jangda ochkolar hisobiga ko‘ra g‘alaba qozondi

08:55 / 21.04.2024
Bektemir Meliqo‘ziyev «qonli» jangda yengilmas raqibni yengdi

08:40 / 08.10.2023