Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Irkutskda metanoldan zaharlanib halok bo‘lganlar soni 48 nafarga yetdi
Foto: TASS
Rossiyaning Irkutsk viloyatida tarkibida metanol bo‘lgan texnik suyuqlik iste'mol qilinishi oqibatida ro‘y bergan ommaviy zaharlanish tufayli jabrlangan 57 kishining 48 nafari jon berdi. Bu haqda TASS agentligiga viloyatning Lenin tumani prokurori Stanislav Zubovskiy ma'lum qildi.
«Boyarishnik» parfyumeriya damlamasini iste'mol qilish tufayli jami 57 kishi jabrlangan, shularning 48 nafari hayotdan ko‘z yumdi», deyilgan ma'lumotda.
Yana 9 kishining avholi ham og‘irligicha qolmoqda.
Bundan avvalgi xabarlarda qurbonlar soni 41 nafarga yetgani aytilgandi.
Mavzuga oid
18:51 / 12.09.2025
Rossiyadan Toshkentga uchgan samolyot qushlar galasi bilan to‘qnashdi
14:23 / 05.09.2025
Irkutskda qiyin ahvolda qolgan ona va uning farzandi O‘zbekistonga qaytarildi
15:31 / 26.08.2025
Irkutskda qiyin vaziyatda qolgan ikki nafar fuqaro vatanga qaytarildi
15:16 / 10.05.2025