Rossiyaning Irkutsk şahridan Toşkentga uçgan samolyot quşlar galasi bilan töqnaşdi. Bu haqda Şarqiy-Sibir transport prokuraturasi xabar berdi.

Qayd qilinişiça, 12 sentabr kuni ertalab Ural Airlines aviakompaniyasining Irkutsk—Toşkent reysini amalga oşirayotgan Airbus A319 samolyoti uçiş-qöniş yölagida quşlar galasi bilan töqnaşgan. Şundan söng, aeroportga qaytişga majbur bölgan.

Samolyot bortida 91 nafar yölovçi va 6 nafar ekipaj a’zosi bölgan. Hodisa oqibatida heç kim jabrlanmagan. Samolyot jiddiy şikastlanmagani ta’kidlanmoqda.

Transport prokuraturasi tomonidan tekşiruv tayinlangan.